Murojaatlar ijrosida bosh tamoyil qonun ustuvorligi va fuqarolar roziligi

Bugun barcha islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilmoqda. Shunday ekan, aholining roziligi barcha darajadagi rahbar va davlat fuqarllik xizmatchilarining faoliyatini baholaydigan asosiy me’zonlardan biriga aylanib ulgurdi. Bulung‘ur tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada murojaatlar ijro holati tahlil qilindi.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov huzurida o‘tkazilgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, hokimlikning ijro intizomi uchun mas’ul xodimlari, ijro intizomiga yetarli darajada rioya etilmayotgan tashkilot va muassasalarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan bugunga qadar tuman hokimligiga 1822 ta murojaat kelib tushgan. Xususan, ularning 1501 tasi jismoniy shaxslardan, 321 tasi yuridik shaxslar tomonidan bildirilgan. Ulardan 1355 tasi tuman hokimining qabullarida bildirilgan murojaatlar bo‘lsa, 647 tasini telegram murojaatlar tashkil etadi. Ayni kunda 76 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

 

Muhokama davomida barcha murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda, murojaatchi ishtirokida, sifatli ko‘rib chiqish lozimligi, bunda bosh tamoyil qonun ustuvorligi va fuqarolar roziligi ekanligi ta’kidlandi.

  • Men aholini qonun doirasida rozi qila oladigan, uning muammosini o‘ziniki kabi qabul qila biladigan jamoa bilan ishlashni xohlayman, deya ta’kidladi tuman hokimi Samandar Astonov.

 

Murojaatlar bilan ishlashda ijro intizomi buzilayotgan hollarda mas’ul shaxsga nisbatan qounchilikka muvofiq chora ko‘rilishi yuzasidan tuman hokimiga takliflar kiritib borilishi lozimligi bildirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM