Joriy haftadagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sektor rahbari, tuman hokimi Samandar Astonov rahbarligida o‘tkazilgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Muhokama davomida yangi o‘quv yili oldidan umumta’lim maktablarining tayyorgarlik holati, chin yetim bolalarni doimiy uy-joy bilan ta’minlash, “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq va kredit qarzdorliklari, energo tejamkor vositalarga o‘tish, bozor infratuzilmasini yaxshilash, tuman hududida obodonlashtirish ishlarining holati, “Obod qishloq” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan soha mas’ullarining hisobotlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi topshirildi hamda istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM