Xotin-qizlar sohasida natijaga erishish uchun hamkorlik mexanizmlari mustahkam bo‘lishi lozim

Bulung‘ur tumanida xotin-qizlar masalasida o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘quv seminarlari davom etmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘quvda bo‘lim mutaxassislari, 55 ta mahallalardagi xotin-qizlar faollari, 48 nafar “Oqila ayol”lar rahbarlari,  30 nafar tuman targ‘ibotchi ayollari ishtirok etdi.

 

Unda bandlik, prokuratura, tibbiyot tizimi mutaxassislari tomonidan “Ishsiz xotin-qizlarning ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish mexanizmlari”, “Xotin-qizlar o‘rtasida  jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash”, “Erta tug‘ruq va erta nikohning oldini olish”, “Xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tubdan yaxshilash” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Seminar so‘ngida sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi ham tahlil qilinib, o‘z faoliyatida suskashlikka yo‘l qo‘yganligi sababli Bulung‘urariq hamda Nebo‘sa mahallalari xotin-qizlar faollari ogohlantirildi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM