Bulung‘urda tadbirkorlik rivoji uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

“Bulung'ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Xabibullayev Dilshod Ismailovich tomonidan “Tadbirlkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, Bulung`ur tumanida mavjud imkoniyatlar to`g`risida” ma’lumot berib o‘tildi. 

Xususan, tadbir davomida ma’lum qilinganidek, tumanda joriy yilning 1-avgust holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari soni 1960 tani va yakka tartibdagi tadbirkorlar 2563 tani tashkil etmoqda. 1960 ta kichik biznes sub’ektlari yo‘nalishlari quyidagilardan iborat. Jumladan,

-360 ta sanoat korxonalari,

-77 ta qurilish-pudrat korxonalari,

-803 ta savdo korxonalari,

-40 ta transport korxonalari,

-144 ta restoran, kafe va umumiy ovqatlanish va korxonalar,

-23 ta aloqa va axborotlashtirish yo‘nalishidagi korxonalar,

-28 ta ijtimoiy va sog‘liqni saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish korxonalari,

-343 ta fermer xo‘jaliklaridan tashqari, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliq xo‘jaligi korxonalari,

-142 ta boshqa yo‘nalishidagi xizmat ko‘rsatish korxonalari.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 354 ta kichik biznes sub’ektlari va 913 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bundan tashqari 107 ta hunarmandlar tashkil etilib, ularga 383 nafar fuqarolar ustoz-shogird sifatida biriktirildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 1550 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 32 mlrd. 297 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Jumladan:

-“Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 1494 ta mijozga 30 mlrd. 508 mln. so‘m;

-Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 36 ta mijozga 1 mlrd.378 mln. so‘m;

-Hunarmandchilikni rivojlantirishga 11 ta mijozga 287 mln. so‘m;

-Mahalliy hokimliklar xuzuridagi jamg‘armalar hisobidan
6 ta mijozga 119 mln. so‘m;

-Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 3 ta mijozga 6 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Vazirlar Mahkamasining 71-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida “e-auksion” elektron onlayn savdo maydonchasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi. Jumladan, jami 484 ta (19,1 ga) yer uchastkalari aniqlanib, 290 tasi auksion savdolariga chiqarildi. Shundan 70 ta yer uchastkasida tanlov g‘oliblari aniqlanib, 354 mln. so‘mga sotildi. Bugungi kunda 220 ta yer uchastkalari savdoda turibdi

 

“K-savdo” tizimi orqali 280 ta bo‘sh yer maydoni ko‘chma xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etish uchun sotuvga chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha 233 ta (83%) bo‘sh yer maydoni auksion savdoga chiqarilgan. Shundan 174 tasi 398 mln. so‘mga sotildi va bugungi kunda 59 tasi savdoda turibdi.

Tadbiryakunida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM