Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollari o‘rtasida muhokama etildi

Bulung‘ur tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda Bulungur tuman Adliya bo‘limi mas’ul xodimi B.Kenjaev hamda tuman hokimligi yuristkonsulti O.DJumanazarovlar so‘zga chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartirish va tuzatishlar, ulardan ko‘zlangan maqsad, oila instituti hamda xotin-qizlar masalalariga ta’siri haqida ma’lumot berdilar.

 

Seminarda mazkur qonun hali loyiha ekanligi, hozirda xalq muhokamasiga qo‘yilib, takliflar qabul qilinayotganligi, unga hali o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, to‘ldirilishi mumkinligi ta’kidlanib, muhokama jarayonida faol ishtirok etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlaridan kelib chiqqan holda taklif bildirishlari mumkinligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM