Targ‘ibot tadbirlari yurtdoshlarimiz quvonchiga sabab bo‘lmoqda

Bir necha kundan buyon joylarda “Yangi O‘zbekiston inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Bulung‘ur tumanidagi Cho‘yantepa mahallasi hududida joylashgan “Zar zamin” bazmgohida hamda Kaptarxona mahallasidagi Yoshlar mehnat guzari hovlisida bo‘lib o‘tdi. Azim Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh madaniyat va san’at arboblari, xalq suygan san’atkorlar, fan va ta’lim xodimlari ishtirok etgan tadbirlarga yaqin atrofdagi mahallalardan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

 

Tadbirlar davomida aktyor va rejissyor San’at Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolibjon Xojiyev, kino rejissyor Ibrohim Rasulovlarning ijodiy chiqishlari va “Lazgi” ansamblining xonandasi Nazokatxon Jabborova, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli solisti Boboqul Orzuyev, “Nihol” mukofoti sovrindori Firdavs Fazlitdinovlarning sho‘x qo‘shiqlari ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

 

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Shodmonqul Salomning ona yurtni madh etuvchi she’rlari barchaga manzur bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar bugun ham davom etmoqda...

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM