Prezident farmoni bilan soliq sohasida bir qancha yengilliklar belgilandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 iyundagi  “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

 

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan: 

 

Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilinadi – bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda ushbu obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish bekor qilinadi.

 

QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtiriladi:

 

majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda beriladi;

 

soliq organlari monitoringi davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq xavfi holatlarining aniqlanishi QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi;

 

yuqori xavf darajasi aniqlangan tadbirkorlarning QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan 5 kun oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi. Ushbu muddatda kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, QQS guvohnomasi to‘xtatib turiladi.

 

Amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lishi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganlik holatlari bundan mustasno.

 

2023-yil 1-martga qadar:

 

-hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;

 

-xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” (https://my3.soliq.uz/legal/e-ombor/home) AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM