“Ko‘zi ojizlar jamiyati” tashkil etilganligiga 90 yil bo‘ldi

Bugun Bulung‘ur tumanidagi ko‘zidagi muammolar sabab 1-, 2-nogironligi bor fuqarolar 305 nafarni tashkil qiladi. Ulardan 119 nafari tuman ko‘zi ojizlar jamiyati a’zosi.

 

Joriy yilda “Ko‘zi ojizlar jamiyati” tashkil etilganligiga rosi 90 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan tumandagi bazmgohlarning birida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Samandar Astonov jamiyat a’zolarini 90 yilik yubiley munosabati bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Tuman hokimligi jamiyat a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida, shuningdek, “Ko‘zi ojizlar jamiyati” Samarqand viloyati boshqarmasi raisi Zoir Oqbo‘tayev so‘zga chiqib, bugun jamiyat a’zolariga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot beridi hamda tadbir tashkilotchilariga o‘z minnaddorchiligini bildirdi.

 

Shundan so‘ng. jamiyat a’zolariga tuman hokimligi va jamiyatning tuman bo‘limi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alar topshirildi. Yubiley tadbiri homiylar tomonidan tuzalgan dasturxon atrofida bir piyola qaynoq choy ustida sho‘x kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM