Bulung‘urda pilla qabul qilish boshlandi

Bugundan Bulung‘ur tumanida joriy yilgi pilla mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari, soha mas’ullari hamda kasanachilar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Qur’on hatm qilindi va mavsum barakali kelishi so‘ralib duoga qo‘l ochildi.

 

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan tuman hokimi Samandar Astonov soha zahmatkashlarini mavsum boshi bilan tabriklab, o‘z so‘zida sohadagi o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng tadbirning taqdirlash qismi boshlanib, o‘tgan yilgi mavsumda rejani ortig‘i bilan bajargan pillakorlar, shuningdek agrofirma raislariga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tadbir bir piyola choy ustida davom etdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 2022 nafar kasanachilarga 2045 quti pilla tarqatilgan bo‘lib, 117 tonna hosil olinishi reja qilingan.

  • Bu yil bahor mavsumi qulay kelganligi sababli rejani 10 tonna ortig‘i bilan, ya’ni 127 tonnaga bajarishni mo‘ljal qilyapmiz, deydi tuman hokimining o‘rinbosari Abdumutallib Rizayev. Pilla “Mingchinor” agrofirmasi hududida joylashgan “Mingchinor” to‘yxonasida qabul qilinadi. Uning har bir kilogrami uchun “Zar Oltin Pilla” MChJ tomonidan 24 700 so‘mdan, shuningdek budjet mablag‘lari hisobidan 5000 so‘mdan subsidiya to‘lanmoqda. Natijada 1 kg. pilla uchun 29 700 so‘mdan haq to‘lanmoqda. Qolaversa, pillaga qarayotgan har bir kasanachi uchun 1 yillik mehnat staji yoziladi. Umuman olganda pilla bu – baraka. Birgina 2021-yilgi pilla hosilining 700 ming dollarga eksport qilingani ham fikrimizga yorqin misol bilan oladi, deydi hokim o‘rinbosari.

 

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM