Mahalliy mahsulotlarni birjaga qo‘yishda tumanning ulushini oshirish choralari ko‘riladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev huzurida joriy yil 11-may kuni “G‘allachilikda bozor mexanizmlarini joriy qilishni davom ettirish” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda 1-iyundan boshlab, g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilishi belgilangan edi. Shuningdek, joriy yil 17-may kuni o‘tkazilgan “Tovar-xomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish masalalari” bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ham mahalliy mahsulotlarni birjaga qo‘yishda tumanlarni faollashtirish zarurligini ta’kidlab, bu borada bir qancha vazifalarni belgilab berildi.

Bulung‘ur tumani hokimligida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Bulung‘ur tuman kengashi qoshidagi buxgalteriya markazi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, jarayonlarda buxgalteriya markazining o‘rni belgilab berildi.

 

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, bunda fermerlarning roziligi asosiy me’zon bo‘lishi ta’kidlandi Bundan tashqari buxgalteriya markazi tomonidan mavjud soliq qarzorliklarini undirish choralari ham rejali asosda amalga oshirilib borilishi lozimligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM