Bulung‘urda qishloq xo‘jaligi va yerga oid munosabatlar tubdan o‘zgarmoqda

Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan seminarda tuman hokimi Samandar Astonov, viloyat Agrokimyoviy tahlil markazi rahbari Manuchexr Ahmedov, viloyat tovar xom-ashyo birjasi ish boshqaruvchisi Jo‘rabek Maqsudov, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar, klasterlar, tadbirkorlar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etishdi.

 

Seminarda bugungi globallashuv davrida qishloq xo‘jaligi va yerga oid munosabatlar tubdan o‘zgarib borayotganligi ta’kidlandi. Xususan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev huzurida joriy yil 11-may kuni “Don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshirqilar asosida 1 iyundan boshlab g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilishi, xususan, fermer va klasterlar o‘zlari yetishtirgan g‘allasini birja savdolariga olib chiqishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganligi, bunda, eng avvalo, davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bug‘doy narxi o‘tgan yildagi 1 million 550 ming so‘mdan joriy yil hosili uchun 3 million so‘mga, ya’ni 2 baravarga oshirilishi e’tirof etildi.

Ushbu islohotlar natijasida birja savdolarida ishtirok etish borasida talabning oshib borishi va soha rivoji kutilayotganligi ta’kidlanib, birja savdolarida ishtirok etish tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, tumandan ham qiziqishi bor fuqarolar bo‘lsa, birja sohasidagi bilimlar berilishi va yangi ish o‘rinlari ochilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Seminar davomida viloyat Agrokimyoviy tahlil markazi o‘zining “Yer analizi” xizmatlarini taklif qilib, bundan ko‘zlangan maqsad va yer egalari uchun manfaatli jihatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Unda ma’lum qilinishicha, ushbu amaliyotda tuproqning turli qatlamlaridan na’munalar olinib, kafolatlangan xulosalar taqdim etiladi. Bunda yerning qaysi hududida qaysi turdagi mineral ozuqalar yetishmasligi yoki me’yoridan ortiqcha ekanligi, qanday turdagi mahsulotlar ekilishi mumkinligi yoki yerning mineral tarkibini boyitish uchun qaysi turdagi mineral o‘g‘itlardan foydalanilishi mumkinligi borasida aniq xulosalar beradi. Bu esa, yer egasini keraksiz mineral o‘g‘itlarga ortiqcha mablag‘ sarflashdan saqlaydi va yerdan samarali foydalanishni aniq rejalashtirishida as qotadi. 4 yil davr mobaynida o‘zining aktualligini saqlab turadigan “yer analizi” uchun 1 gektar yerdan 20 ming so‘m miqdorida xizmat haqqi oliandi.

Bundan tashqari seminar davomida turli dukkakli ekinlarni ekishga moslashgan zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM