Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi 62-sessiyasidan:  hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 1-sektor rahbarining 2022-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4702-sonli Qarori ijrosi doimiy nazoratga olingan.

Tuman hokimi sektorida 15 ta mahallalarda 52 733 aholi, shundan,
25 115 nafar ayollar, 27 618 nafar erkaklar, 10 360 nafar yoshlar, 15801 nafarvoyaga yetmaganlar, 8 384 ta xonadon, 11 415 ta oilani tashkil qiladi.

 

Sektorda 39 ta DMTT (shundan 9 tasi davlat MTTlari), 30 ta uy bog‘chalari, 16 ta maktab, 1 ta kasb-hunur maktabi va 1 ta pedagogiga kolleji, 5 ta tibbiyot muassasalari (shundan 4 ta davlat, 1 ta xususiy), 6 ta ko‘p qavatli uylarni tashkil qiladi.

Tuman hokimligi tomonidan sektorda ish sifatini oshirish hamda vazifalar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-yilning 1-choragida 1-sektor rahbari tomonidan 12 marota bayoshlar bilan uchrashuvlar, 12 marotaba sayyor qabullar tashkil qilinib, sayyor qabullarda 408 nafar fuqarolar ishtirok etishdi, 193 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 125 ta murojaat qanoatlantirilgan.

1-sektor hududidni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan
2022-yil 1-chorak uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va sektor hamkorligida o‘tgan uch oy mobaynida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yo‘llar ta’miri bo‘yicha:

-3.7 km asfalt yotqizildi;

-23.7km shag‘allashtirildi;

-1 ta ko‘prik qurildi.

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha:

-15,8km tarmoq tortildi;

-6 ta mavjud suv inshooti ta’mirlandi.

Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha:

-12 ta TP o‘rnatildi;

-5 ta mavjud TP tamirlandi.

Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi bo‘yicha:

-43 nafariga qiymati 162,8 mln.so‘mlik asbob-uskuna berildi.

-100 nafar “temir daftar”da turuvchi oila a’zolariga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun yer ajratildi.

-300 tadan ortiq oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Ayollar daftari jamg‘armasi bo‘yicha:

-175 nafariga 189 mln.so‘mlik bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Yoshlar daftari jamg‘armasi bo‘yicha:

-30 nafariga 97 mln 560 ming so‘mlik kontrakt va SChR to‘lovlari to‘lab berildi.

-201 nafariga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun yer maydonlari ajratildi.

Misol uchun, Niyozmat mahallasi aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida fuqarolar xonadoniga 5 km masofaga ichimlik suvi tortildi,3 ta elektr energiyasiga transfarmator qo‘yildi,ichki yo‘llarga 1,5 km tosh to‘kildi, 3 km masofada maxsus texnikalar bilan ariq zovurlar qazildi, 2 ta oilaviy faoliyat boshladi. “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlardan 45 nafariga dehqonchilik qilish uchun yer ajratib berildi. 34 nafar fuqarolarga kredit asosida motokultuvatorlar olib berildi.16 ta fuqarolarga homiylar tomonidan oziq-ovqat maxsulotlari, pul mablag‘lari berilib yordam ko‘rsatildi.

Tumandagi Bulung‘urariq mahallasi aholisi sharoitini yaxshilash bo‘yicha 1,5 km asfalt va 5 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. 68 dona tungi yoritish chiroqlari va elektr ta’minoti uchun 110 dona tayanch ustunlari o‘natildi. 2.0 km elektr kabellari tortish va ta’mirlash ishlari bajarilib 4 dona transformatorlar ta’mirlandi va 2 dona trasformator yangi o‘rnatildi. Aholi 109 dona yangi maishiy gaz baloni bilan ta’minlandi. Ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha: 2 ta mavjud suv inshooti ta’mirlandi.

51-umumta’lim maktabi uchun 140 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish va 12x24 o‘lchamda sport zal binolari qurishi belgilanib, hozir “Me’mor” X/F tomonidan qurilish ishlari boshlangan.

“Isori O‘roqli” MFY Erkin  Vohidov ko‘chasiga 800 m. yo‘l shag‘allashtirildi. Saloxiyat ko‘chasi 600 m yo‘l homiylar tomonidan asfalt qilindi. Qo‘rgontepa ko‘chasiga 1 dona transformator o‘rnatildi. Mahallada ishsiz xotin-qizarni kasbga o‘qish va bandligini ta’minlash maksadida “Parizoda” tikuvchilik xonasi tashkil qilindi va 10  nafar  xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.

         “Nebusa MFY Qurqazon qishlog‘idagi 50 xonadonga 1500 metr ichimlik suv tarmog‘i tordildi, qishloq qabriston atrofi 300 metr devor bilan o‘rab berildi. Yuqori Qo‘shtamg‘ali qishlog‘iga 1700 metr, Nebusa qishlog‘iga 300 metr va Qurqazon qishlog‘ining 280 metr ko‘chalariga shag‘al yotqizildi. Yo‘l xarita doirasida mahalladagi 18-bog‘cha foydalanishga topshirildi.

“Yangiqo‘rg‘on MFY asosiy ko‘chalarini birlashtiruvchi 600 metr ko‘chaasfalt qilindi, 2200 metr ko‘chaga shag‘al tosh yotqizildi, mahalla hududiga 3 ta yangi transformator va 45 ta beton stolbalar o‘rtatildi 1100 metrelektr tarmog‘i tortilib 19 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

“Istiqlol MFY hududidagi 2 ta transformator ta’mirlanib, Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga 1 ta yangi transformator o‘rnatildi.

O‘roqli mahallasidagi O‘roqli qishlog‘iga 1 ta yangi transformator o‘rnatildi. Orzular ko‘chasiga 550 metr va Yangi zamon ko‘chasiga 700 metrga shag‘al toshlar yotqizildi. 8-maktab hududidagi artezian qudug‘i ta’mirlanib, 25 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Oqtosh mahallasidagi asosiy ko‘chaning 800 metrga asfalt yotqizilib, Oqtosh qishlog‘iga 1 ta yangi transformator o‘rnatildi va mazkur qishloqdagi 10 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Dastur asosida Mo‘minobod qishlog‘iga ham 3,5 km ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 60 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 3 km yo‘lga shag‘al tosh yotqizildi. Sho‘rbedana qishlog‘idagi 3 km asosiy yo‘lga va Bog‘ishamol ko‘chasiga 1 km shag‘al yotqizilib, 1.5 km ichimlik suv tarmog‘i ta’mirlandi.

Bo‘dana mahallasidagi O‘rtabo‘z qishlog‘ining 1.5 km yo‘li kengaytirildi va shag‘allashtirildi hamda “G‘ishtli ota” masjidiga olib boruvchi 800 metr yo‘l tekislanib asfalt yotqizildi. Dastur asosida Bo‘dana qishlog‘iga artezian o‘rnatildi va 3.5 km ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 150 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Erganakli mahallasida 5 km yo‘l joriy ta’mirlanib asfalt yotqizildi va 500 m ichki yo‘lga shag‘al tosh to‘kildi. Mahalla hududiga 2 ta transformator yangisiga almashtiridi hamda 15 ta temir beton stolbalar o‘rnatildi.

Changal-1 mahallasida Yuqori Changal qishlog‘i Jaxonabod ko‘chasi aholiga toza ichimlik suvi arteziani uchun 12 dona temir beton stolbalari berildi.

Gulzor mahallasida Beshbola qishlog‘ining 1 km masofadagi, Yangi Erganakli ishlog‘ining 200 metr ichki yo‘llari shag‘allashtirildi. Yangi Erganakli qishlog‘iga 150 metrga asfalt yotqizildi. Oqtepa Mitan va Beshbola qishlog‘iga 2 dona transformator o‘rnatildi. Oqtepa Mitan qishlog‘ida yashovchi fuqaroning xonadoni yong‘in tufayli yaroqsiz holga kelgan va homiylar tomonidan 2 xonali uy va oshxona qurib, ta’mirlab berildi. Yangi Erganakli qishlog‘idagi artizan qudug‘i 11 mln. so‘m mablag‘iga homiylar tomonidan to‘liq tamirlandi. Beshbola qishlog‘iga 500 metr, Yangi Erganakli qishlog‘iga 300 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 14 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Baxtsiz xodisa tufayli nogiron bo‘lib qolgan fuqaroning jarroxlik amalyoti uchun 5 mln.so‘m homiylar tomonidan yig‘ib berildi hamda Yangi Erganakli qishlog‘iga xashar yo‘li bilan 1 ta ko‘prik qurildi.

 

“Temir daftar” bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida

1-sektor hududidagi 15 ta mahalla bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchilari va sektor shtabi a’zolari bilan hamkorlikda  aholi muammolarining o‘rganish yuzasidan xatlovlar o‘tkazildi va muammosi aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar “Temir daftar”ga kiritilgan har bir oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida daftarda yil boshidan kiritilgan majud 322 ta oiladan 96 ta oila a’zolaringmehnatga layoqatli ishsiz a’zolarinig 43 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishi va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun asbob-uskunalar berildi, dehqon xo‘jaligi tashkil etish istagi bilan bandligini ta’minlashda amaliy yordam so‘raganlarning 100 nafariga  e-auksion.uz ochiq elektron tanlovida qatnashib, yer uschastkalari yutib olinishi ta’minlandi. Hozirda 96 ta oilalar daftardan chiqarilib, qolgan 226 ta oilalar bilan manzilli ish olib borilmoqda.

 

“Yoshlar daftari” bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida

Bulung‘ur tuman 1-sektor hududidagi 15 ta mahalla bo‘yicha biriktirilgan yoshlar yetakchilari va sektor shtabi a’zolari bilan hamkorlikda yoshlar muammolarining o‘rganish yuzasidan xatlovlar o‘tkazish va muammosi aniqlangan yoshlarning “Yoshlar daftari”ga kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan onlayin so‘rovnomalar natijasida 827 nafar ishsiz yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi hamda har bir yoshning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish choralarini ko‘rish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida subsidiya asosida 2 nafar yoshlarga mehnat qurollari bilan ta’minlandi, 1 nafarini doimiy ishga joylashtirilib bandligi ta’minlandi, yoshlar daftariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 24 nafar yoshlarning 65 mln 530 ming so‘mlik kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi, 6 nafar yoshlarning 32 mln 30 ming so‘m miqdorida safarbarlik chaqiruv rezervi badali qoplab berildi, dehqon xo‘jaligi tashkil etish istagi bilan bandligini ta’minlashda amaliy yordam so‘raganlarning 201 nafariga  e-auksion.uz ochiq elektron tanlovida qatnashib, yer uschasikalari yutib olinishi ta’minlandi va jami 228 nafar yoki 27,6% ishsiz yoshlar daftardan chiqarildi. Hozirda 599 ta yoshlar daftarda qolgan bo‘lib, ularni ham daftardan chiqarish choralari ko‘rilmoqda .

 

“Ayollar daftari” bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida

2022-yilda o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 700 nafar muammoli xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritish uchun xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tasdiqlangan, hozirda ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Masalan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 175 nafar nogironligi bo‘lgan va qaramog‘ida nogiron farzandlari bo‘lgan xotin-qizlarga 1 mln. 80 ming so‘mdan (jami 189 mln so‘m) bir martalik moddiy yordam puli berildi.

Qolgan 525 nafar ayollarga ham yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimligi tomonidan bu borada amaliy ishlar davom ettirilmoqda, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha belgilangan muddatlarda hisobot berib borilishi ta’minlanadi.

 

Birinchi chorakda to‘liq yakunlanmagan mavjud muammolar va ularning yechimi

“Bulung‘urariq” MFY Jomonjor qishlog‘ida 5,0 km ichimlik suv tarmog‘i tortish,      1 km ichimlik suv tarmog‘ini qayta ta’mirlash hamda 2 ta suv inshootini va suv nasoslarini qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirish (2 - chorakda amalga oshirilishi belgilangan).

1-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi mavjud suyultirilgan gaz balonlarni xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijasida suyultirilgan gaz baloni bilan ta’minlanmagan xonadonlarni aniqlash (2-chorakda amalga oshirilishi belgilangan).

4r-238 “Samarqand shahar-Bulung‘ur shahri-Alamli qishlog‘i” avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash choralarini ko‘rsin (2 - chorakda amalga oshirilishi belgilangan).

         “Gulzor” MFY Gulzor qishlog‘ida kuchlanishi 0,4 kvt, uzunligi 0,6 km, 40 dona izolyator, 4 km sim (bandaj uchun)  ishlarini ta’minlash choralarini ko‘rish (2 - chorakda amalga oshirilishi belgilangan).

        

Ikkinchi chorakda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar:

        

O‘roqli mahallasidagi Yangi zamin ko‘chasi 1,0 km va Umid nihollari ko‘chasi 950 metr yangi ichimlik suv tarmog‘ini tortish;

Istiqlol mahallasi Farxod qo‘rg‘onidagi mavjud ichimlik suvi artezian kudug‘ini joriy ta’mirlash;

Nurli Yo‘l mahallasidagi Olmazor qishlog‘ida joylashgan mavjud 1 taartezian qudug‘ini qaytata’mirlash, 1,2 km suv tarmog‘ini yangilash hamda qo‘shimcha yangi qurilgan 168 ta xonadonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 1 ta yangi artizian qudug‘ini chiqarish va 2,8 km tarmoq tortish choralarini ko‘rish;

Isori O‘roqli mahallasi Qo‘shtamg‘ali qishlog‘iga 1 ta yangi elektr transformator o‘rnatish, mahallasi hududidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan elektr simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish. choralarini ko‘rish;

Mingchinor mahallasi Mingchinor qishlog‘ida kuchlanishi 0,4 kvt, uzunligi 1,22 km, 0,9 km AS-50 ochiq sim, 20 dona izolyator ishlari, Mingchinor qishlog‘ida kuchlanishi 0,4 kvt, uzunligi 1,4 km, 0,8 km AS-50 ochiq sim, 15 dona izolyator ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rish;

4r-47 “Bulung‘ur shahri-Urgut shahri-M-39”avtomobil yo‘lining 0-15 km qismida Bulung‘ur, Yangiqo‘rg‘on, Istiqlol, Mingchinor, Isori O‘roqli, O‘roqli mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi asfal yo‘llarni ta’mirlash;

Mingnchinor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bolalar bog‘chasini joriy ta’mirlash;

 

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM