Yoshlar bilan ishlash va sportni rivojlantirish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada tumanda sportni riovjlantirish ham yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, tumandagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligining reyting ko‘rsatkchilari ma’lum bo‘lgan. Unga ko‘ra, tumandagi 55 ta mahallada jami 100 402 nafar 0-30 yosh oralig‘idagi yoshlar istiqomat qilmoqda. Natijalarga ko‘ra, tumandagi 13 ta mahalla “sariq hudud” sifatida qayd etilgan bo‘lib, mazkur mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini jonlantirish choralari ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Tumanda joriy yil yanvar-may oylarida 18-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 23 tani tashkil etmoqda. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 taga ko‘pdir. Muhokama davomida bu kabi holatlrni o‘tgandan keyin muhokama qilmasdan oldini olish choralari ko‘rilishi lozimligi, bunda sodir etilgan huquqbuzarliklarning ichiga kirish: uni keltirib chiqargan omillar chuqur tahlil qilinishi va kelgusi re’jalar shunga muvofiq belgilanishi zarurligi ta’kidlandi.

 

Muhokama davomida tumanda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi hamda kelgusi re’jalar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, tumanda Mo‘minjon Abdullaev (Yunon-rum kurashi), Sitora Turdibekova (Boks), Shaxriyor Juraboev (Yunon-rum kurashi) kabi sportchilar yuqori natijalarni ko‘rsatib, Fransiyaning Parij shaxrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bundan tashqari Mo‘minjon Abdullaev hamda Sitora Turdibekova Xanchjou shaxri (Xitoy)da bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishga nomzodlik qilmoqda. Biroq bu natijalar biz uchun qoniqarlimi? Xususan, tumanda futbol, voleybol, gandbol, mini futbol kabi jamoaviy sport o‘yinlaridan oxirgi 2 yilda umuman razryadli sportchilar tayyorlanmaganligini qanday izohlash mumkin? Yig‘ilishda ana shu savollarga mas’ullardan izoh so‘raldi. Sportni rivojlantirish, natijaga erishish uchun takliflar kiritish yuzasidan topshiriq bo‘ldi.

Bundan tashqari muhokama davomida g‘alla o‘rimi mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari hamda tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish byuorasidagi ishlarning bugungi ahvoli muhokama qilinib, soha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM