Tadbirkorlik rivoji, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi bandligini ta’minlash: hokim yordamchilari faoliyati natijalari tahlil qilindi

Bulung‘ur tumani hokimligida tumandagi 55 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tanqidiy tahlil qilindi.

 

-Mana oradan qariyb 4 oy muddat o‘tdi. Hukumat tomonidan bildirilgan ishonchni, xalq umidini qanchaliy oqlayapmiz? Barchaga bir xilda imkoniyat, mablag‘ berildi: kimlar undan oqilona foydalana oldi, kimlar esa yo‘q? O‘tgan fursat davomida qaysi mahallada nechta yangi tadbirkor ish boshladi, qancha ish o‘rni yaratildi, necha fuqaro kambag‘allikdan chiqarildi? Bugun har birimiz yuqoridagi savollarga vijdonan javob berishimiz kerak, deya ta’kidladi tuman hokimi Samandar Astonov.

Tahlillarga ko‘ra, tumanning Isori O‘roqli, Yangiqo‘rg‘on, Bog‘bon, Kattaqishloq, Oqtepa, Ulug‘bek mahallalarida 2022-yil aprel oyida birorta ham kichik biznes sub’ekti tashkil qilinmagan. Yoki oladigan bo‘lsak, 5 ta mahallada inkubator, 18 ta mahallada quyonchilik faoliyati tashkil qilish, 13 ta mahallada xonaki tovuq, 18 ta mahallada qo‘y va echki tarqatish ishlari bajarilmagan. Yoki o‘tgan 4 oy davomida qaysidir mahallada 25 nafar fuqaroga kredit ajratilgan bo‘lsa, qaysidir mahallada bu ko‘rsatkich 2 nafarni tashkil qilmoqda.

  • “Xo‘sh, yuqoridagi tafovutlar nimaning natijasi?”, deya o‘rtaga savol tashladi tuman hokimi.

Muhokama davomida aniqlangan kamchiliklarni boshlangan yangi oy yakuniga qadar mahallalar kesimida to‘liq bartaraf etish va keskin o‘zgarish qilish masalalari yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM