DXX kubogi uchun futbol musobaqalari Bulung‘ur tuman g‘oliblari aniqlandi

Yurtimiz bo‘ylab DXX kubogi uchun 16-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlaridan o‘tkazilayotgan bellashuvlarning Bulung‘ur tuman bosqichi o‘z yakuniga yetdi va musobaqaning viloyat bosqchida tuman sharafini himoya qiluvchi jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

 

Yakuniy natijaga ko‘ra, Xo‘jamazgil mahallasi 3-o‘rinni, Lalmikor mahallasi 2-o‘rinni va Changal-1 mahallasi yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

 

Sanatkorlarning musiqish chiqishlari, DXX chegara qo‘shinlarining jangovor chiqishlari futbol ixlosmandlarining kayfiyatiga kayfit ulashdi.

Bellashuvlar yakunida sportning futbol va mini-futbol turlaridan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan mahallalarning yoshlari, bundan tashqari tashkiliy jarayonlarda faol ishtirok etgan sport, madaniyat xodimlari, hakamlar hay’ati a’zolari, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi” nominatsiyalari g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

 

Ma’lumot uchun avvalroq bo‘lib o‘tgan mini-futbol bahslari yakuniga ko‘ra, Kildon mahallasi 3-o‘rinni, Erganakli mahallasi 2-o‘rinni va nihoyat Bulung‘ur mahallasi yoshlaridan iborat jamoa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, bahslarning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Demak, DXX kubogi uchun Samarqand viloyati bosqichida Changal-1 mahallasi yoshlari sportning futbol, Bulung‘ur mahallasi yoshlari mini-futbol turidan Bulung‘ur tumani yoshlari nomidan ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qilishadi. Yoshlarga bo‘lajak bahslarda omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM