Bulung‘urlik “Yosh gvardiyachi”lar respublikada bellashadi

Samarqand shahridagi Dinamo o‘yingohida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Milliy gvardiya, Xalq ta’limi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari  va Yoshlar  ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan  musobaqada  shahar va tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilaridan iborat 12 ta jamoa ishtirok etdi.

 Musobaqa  ishtirokchilari  umumhimoya to‘plamini kiygan holda zaharlangan hududdan o‘tish, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, saf tayyorgarligi, yugurish, bilimlar bellashuvi kabi 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

 

Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra Bulung‘ur tumanidagi 13-umumta’lim maktabining "Qalqon" hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-IDUMning "Bars" jamoalari shijoati va epchilligi bilan yuqori natijalarni qayd etib, mutlaq g‘olib bo‘lishdi va keyingi - respublika bosqichiga yo‘lanmani qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi. Qiziqarli musobaqa yakuni samarqandlik san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM