Mahallaga mehnati singgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son Qarori asosida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyati tashkil etildi. Shu asosda har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etildi.

 

Shu munosabat bilan bir umr mahallada ishlab kelayotgan mahlla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bugun o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatib berishmoqda.

 

Tuman hokimining tashabbusi bilan mazkur munis onaxonlar, mo‘tabar ayollarga alohida ehtirom, hurmat ko‘rsatildi.

Xususan, xotin-qizlar uchun Samarqand shaxridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi. Kun so‘ngida ular uchun tumandagi muhtasham bazmgohlardan birida iftorlik dasturxoni yozildi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barchaga xalq uchun, vatan oldidagi xizmatlari uchun o‘z minnaddorchiligini bildirdi va ularga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Shundan so‘ng bir piyola choy ustidagi suhbatlar tuman hokimligi madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan madaniy dasturlarga ulanib ketdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM