Hokim yordamchilari faoliyatining 1-chorak natijalari ma’lum bo‘ldi: eng faollar rag’batlantirildi

Bulung‘ur tumanidagi mahallalarda hokim yordamchilari faoliyat boshlaganiga ham 3 oydan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Hokim yordamchilarining har bir natijasi monitoring qilinib borilmoqda va ularning 1-chorak natijalari ham ma’lum bo‘ldi.

 

Xususan, tumanda faoliyat yuritayotgan mahalladagi hokim yordamchilarining 1-chorak yakunlari bilan erishilgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) dastlabki natijalariga ko‘ra, tumandagi 2 ta mahalladagi vakil 91-balldan yuqori, 13 ta mahallada 81-balldan yuqori, 26 ta mahallada 71-balldan yuqori va 14 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan 71-ballgacha ya’ni qoniqarsiz deb topildi. Jumladan,

- 1-sektorda 5 ta mahalla,

- 2-sektorda 3 ta mahalla,

- 3-sektorda 4 ta mahalla,

- 4-sektorda 2 ta mahallalardagi hokim yordamchilari natijalari qoniqarsiz deb topilgan.

Ushbu 14 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan ko‘rsatkichlarni oshirish borasida amaliy ishlar qilmaganligi, o‘z ustida ishlamaganligi, bor imkoniyatni to‘g‘ri sarflab, platformaga to‘g‘ri ma’lumotlar kiritilmaganligi tanqid qilindi.

Kelgusida bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, muhokama davomida PQ-20-son Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Muhokama so‘ngida hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun ularni rag‘batlantirish maqsadida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarida yuqorinatijani qayd etishgan Kaptarxona va Oqtosh mahalllari hokim yordamchilari hamda Bulung‘ur tumaniga respublikadan biriktirilgan vakillarga tuman hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi kelgusi chorakda natijalar bundanda yaxshi bo‘lishi, yuori natijalarni qayd etgan hokim yordamchilari soni bundanda ko‘proq bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan 14 mahalladagi hokim yordamchilari Samarqand shaxrida tashkil etiladigan 2 kunlik o‘quv-seminariga jalb qilinishi ma’lum qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM