Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xabibullayev Dilshod Ismailovich ishtirok etdi. Tumanda faoliyat yuritayotgan jurnast va blogerlar ishtirok etgan media tadbirda “Milliy iqtisodiyotni qo`llab-quvvatlash maqsadida mahalliylashtirish borasida Bulung‘ur tumanida amalga oshirilayotgan ishlar” to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinganidek, tumanda 2021-yilda mahallaliylashtirish borasida "Bulung‘ur eksport import" MChJ tomonidan yillik quvvati 6 ming tonna bo‘lgan, umumiy qiymati 15,5 mlrd. so‘mlik “chorva va parrandalar uchun ozuqa yem mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshrildi hamda 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mahalliy sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bo‘suvchi eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan qiymati 190,2 mlrd.so‘mlik 70 ta ish o‘rniga ega bo‘lgan 3 ta loyiha shakllantirilgan. Jumladan:

-"Metin Group Impeks" MChJning 2023-yil 3-chorakka amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 178,2 mlrd.so‘mlik 35 ta ish o‘rniga ega “O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish” loyihasi;

-"YeTANOLKOMOSIYo" MChJning 2022-yil 4-chorakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 7 mlrd. so‘mlik 20 ta ish o‘riniga ega “Etilasetat ishlab chiqarish” loyihasi;

-“YeVROLUKSSTROY” MChJning 2022-yil 2-chorakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 5 mlrd. so‘mlik 15 ta ish o‘rniga ega “ozonagenerator ishlab chiqarish” loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yangidan joriy etilgan va mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari ham mahlliy imkonyaitdan kelib chiqqan holda yangidan-yangi loyihalar takliflarini bermoqda. Bu tumanda ishlab chiqarish yanada o‘sishi bilan birga mahalliylashtirish borasidagi raqamlar ham tobora ortib borishini anglatadi.

 

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM