Korrupsiya jamiyat rivojiga to‘siq

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni. Shu munosabat bilan viloyatimizda antikorrupsiya haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida Bulung‘ur tumani hokimligi majlislar zalida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri Olmos Yazdanov, viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Farrux Usmonov, viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Raximov, tuman hokimligi apparati xodimlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

 

Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi murosasiz ravishda olib borilayotgan kurashi natijasida aniqlangan holatlar hamda ularning oqibatlari to‘g‘rsiida misollar bilan ma’lumotlar berildi. Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi, uning botqog‘iga botgan millat kelajak avlodlar uchun erkin va farovon jamiyat qoldira olmasligi shu sababdan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan ayovsiy kurash olib borishda jamoatchilikning o‘rni nihoyatda muhim ekanligi ta’kidlandi.

 

Mazkur mazmundagi seminarlar viloyatimizning barcha tuman, shaharlarida o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM