Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi

Muhtaram prezidentimizning tashabbuslari bilan Davlat soliq tizimi xodimlari tomonidan “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’eklariga ko‘maklashish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda o‘rganib, zarur hollarda ushbu muammolarni o‘sha joyning o‘zida hal etilishida amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Ushbu tamoyil Bulungur tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ish faoliyatida ham asosiy mehnat omili sifatida qaralib, ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.                                                                           

Jumladan, joriy yilning sentabr hamda oktabr oylarida inspeksiya hodimlari tomonidan tumanimizda faoliyat yuritib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning jami 143 tasiga turli darajadagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Ulardan 40 tasiga dastlabki buxgalteriyasini yuritishida, 5 tasiga soliq qarzdorliklarini aniqlashda, 36 tasiga soliq rejimini tanlashlarida va shaxsiy hisob-varaqalaridan nusxa taqdim qilishlarida, 8 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirilishida, 54 tasiga soliq tizimiga aloqador bo‘lgan boshqa turdagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bundan tashqari tizimdagi yangiliklar inspeksiya xodimlari tomonidan har oyda audio, video, radiouzel hamda tumanimiz internet tarmoqlari orqali “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili soliq to‘lovchilar hamda fuqarolarga yetkazib borilmoqda.                                           

- 2021 yil iyun oyida chakana savdo bilan shug‘ullanish maqsadida do‘kon ochdik. Bulung‘ur tumani DSI xodimlari tomonidan joriy yilning 30-iyul sanasida savdo shaxobchamga kelib o‘rganish o‘tkazishdi hamda tuman Milliy bankidan 77 million bank krediti olishda amaliy yordam ko‘rsatishdi, -deydi “Dilshod Baxodirorg Texnika” MChJ rahbari D.Suyarov inspeksiya boshlig‘i nomiga yozgan otashakkurnomasida.                                                       

Bulung‘ur tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tumanimizdagi barcha tadbirkorlarga sidqidildan qo‘makchi va ushbu yo‘nalishda inspeksiya xodimlari ularni hamkorlikka chorlab qoladi.

 

Qo‘shimcha  savollar yuzasidan soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetlari orqali yoki  (93) 720-94-94 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.              

                         

Bulungur tuman DSI “TQQ” sho‘basi boshlig‘i Otabek Karimov

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM