10 – noyabr “Xalqaro buxgalteriya kuni” munosabati bilan bir guruh buxgalterlar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida “Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari” tashkil etilgan edi. Natijada markaz tomonidan fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada soddalashtirilib, fermerlarga yanada qulayliklar yaratildi.

10 – noyabr “Xalqaro buxgalteriya kuni” munosabati bilan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Bulung‘ur tumani Kengashi tomonidan tuman kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazining buxgalterlari taqdirlanishdi. Kasb bayrami munosabati bilan har bir xodimga Bulung‘ur tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Habibullaev tomonidan tuman hokimligining maqtov yorlig‘i va estalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM