“O‘zbekiston - yashil makon” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilmoqda

So‘nggi kunlarda yurtimiz va jahonda kuzatilayotgan tabiat hodisalari keng jamoatchilikning e’tiborni yana bir karra iqlim o‘zgarishlariga qaratdi. Masalaning dolzarbligini yurtboshimiz tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi e’lon qilinganligi ham ko‘rsatib turibdi.

 

Kelajak haqida qayg‘urur ekanmiz, albatta, bu borada yosh avlodning ham ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otish lozim bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan Bulung‘ur tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida ikkinchi chorakning birinchi o‘qish kuni “O‘zbekiston - yashil makon” mavzusida insholar tanlovi bilan boshlandi.

Xususan, tumandagi 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tanlovda maktabning 9, 10, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Yakunda har bir sinf kesimida inshosi a’lo baholarga munosib deb topilgan o‘quvchilar maktab rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.

 

Ma’lumot uchun, choraklik ta’til davrida ham maktabdagi o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan 36 nomdagi to‘garaklarga jami 709 nafar o‘quvchilar qamrab olingan edi. Ulardan 157 nafarini ogil bolalalar, 552 nafarini esa qizlar tashkil etadi.

Maktab ma’muriyatining ma’lum qilishlaricha, Sayltepa mahallasining uzoq hududlaridan maktabga qatnovchi 36 nafar o‘quvchilar uchun transport harakati ham yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun xorijda mehnat qilayotgan bulung‘urlik homiylar mablag‘lari asosida 2 ta “DAMAS” rusumli yengil transport vositasi ajratilgan.

2015-2021 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM