“Mahalla - 5 tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyati bosqichida Bulung‘ur tumani Do'stlik mahallasi birinchilikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni joylarda amalga oshirishda faollik ko‘rsatayotgan mahallalarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, shuningdek, ijtimoiy tashabbus orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik e’tiborini keng jalb etish maqqsadida respublikamizda “Mahalla - 5 tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

 

 Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan tanlovning  shahar va tuman bosqichlarida 192 ta fuqarolar yig‘ini jamoalari ishtirok etib, 128 ta mahalla fuqarolar yig‘ini munosiblar qatorida e’tirof etildi.

“Mahalla – 5 tashabbus beshigi” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida shahar tumanlar bosqichida 1-o‘rinni egallagan g‘olib 16 nafar mahalla faollari ishtirok etishdi.

 

Ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq, tanlovning viloyat bosqichi 3 ta shart asosida o‘tkazildi. 1-shartda ishtirokchilar mahallasining tarixi va erishgan yutuqlari, ish faoliyatiga oid raqamlar  bo‘yicha slaydlar asosida chiqish qilishdi. 2-shartda mahalla faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar va olib boridlgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqalik videorolik namoyish etildi. 3-shartda ishtirokchilar “Mahalla – 5 tashabbus beshigi” mavzusida erkin ravishda 5 daqiqalik sahna ko‘rinishi bilan jamoaviy chiqish qilishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Bulung‘ur tumanidagi “Do‘stlik” MFY  faollari tanlovning  Samarqand viloyati bosqichida g‘olib deb topilib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Tanlovning barcha shartlarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan mahalla faollari tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan  bilan taqdirlandilar.

2015-2021 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM