Xalq ta’limida Buxoro va Navoiy viloyatlari tajribasi o’rganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatlararo  pedagog xodimlar o'rtasida o'zaro tajriba almashishni tashkil etish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan ayni kunlarda Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi rahbariyati, tuman, shahar Xalq ta'limi boʻlimlari mudirlari, fan metodistlari, ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari direktorlari va direktor o'rinbosarlaridan iborat 66 kishilik delegatsiya a'zolari Navoiy va Buxoro   viloyatlariga xizmat safarda bo’lib turishibdi.

Xususan, delegatsiya tarkibida Bulung’ur tumani xalq ta’limi bo’limi mudiri Zamira Aliqulova hamda bir qancha soha mutaxassislari bo’lib, ular mazkur manzillardagi ijobiy tajribani tumanimizda ham joriy etishlari maqsad qilingan.

Bugun, 14-oktabr kuni delegatsiya a’zolari Navoiy viloyatida bo’lib turishibdi. Navoiy viloyatining eng chekka hududlarida yuqori natija koʻrsatgan maktablarning tajribasini oʻrganilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1984 yilda foydalanishga topshirilgan boʻlib, sinflar soni 41 ta, pedagog oʻqituvchilar soni 116 nafar, tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 1077 nafarni tashkil etadi. 2021 yilda bitiruvchilar OTMlarga oʻqish kirishi 90 foiz natija koʻrsatgan.

Safar davom etmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM