Qanday hollarda uch barobari miqdorida soliq to‘lanadi?

 Yer-mulk solig‘ini orttirilgan miqdorda to‘lash tartibi  O‘zbekiston Respublikasi SOLIQ KODEKSIning 437-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi:

-Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi.

-Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

 

Hurmatli soliq to'lovchilar! Sizdan yuqoridagilarni inobatga oldgan holda, yer uchastkasiga doir hujjatlarni tegishli tartibda, to‘g‘ri rasmiylashtirishingiz hamda tomorqangizdan unumli foydadanishingiz so‘raladi.

 

Bulung‘ur tuman Davlat soliq inspeksiyasi

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM