Fan olimpiadalari yosh iqtidorlarni yuzaga chiqarmoqda

2021 yil 9 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 562-son qarori bilan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimi takomillashtirilmoqda. Xususan, ayni kunlarda viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlari olimpiadasining tuman, shahar bosqichida ham yuqoridagi Qarorning birichni ilovasida ko‘rsatilgan Nizomga ko‘ra, 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

 

Jumladan, Bulung‘ur tumanidagi 23-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tayotgan Respublika fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida bugun umumta'lim maktablarining 9-10-11-sinf o'quvchilari ona tili va adabiyot fanidan olgan bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

 

Fan olimpiadalarini adolatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan ham mas’ullar biriktirilgan va auditoriyalar videokuzatuv moslamalari bilan jtihozlangan. Fan olimpiadalar bo‘lib o‘tayotgan binoga o‘quvchilarning xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etgan holda kirib-chiqishi qat’iy nazoratga olingan.

 

Bugungi fan olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra, sinflar toifasida 1, 2, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bilimdonlar olimpiadaning viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qilishadilar. Fan olimpiadalarida ishtirok etib, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazayotgan barcha yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz.

2015-2021 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM