Bulung‘ur tuman davlat soliq inspeksiyasida sayyor sud o‘tkazildi

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova Bulung‘ur tuman DSIning bankrotlik arizalari bo‘yicha ishini sayyor sud tartibida o‘tkazdi.

Sayyor sudda o‘ndan ortiq bankrotlik ishlari ko‘rilib, tamomlandi.

Sud raisi qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, “Saylov” qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlarga to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida

-aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

-davlat va jamiyatning barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni  amalga oshirish;

-korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi  sabablar va shart-sharoitlarni  bartaraf etish;

-korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi yo‘nalishlar ilgari surilayotganligini ta’kidladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM