Rossiya Federatsiyasida ishlashni istovchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 29 sentabrdagi topshirig‘iga muvofiq qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 000 (o‘n ming) nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga yuborish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur loyihaning afzallik tomoni shundaki, Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari kelishuviga asosan, loyiha doirasida ishga ketayotgan fuqarolarga patent uchun dastlabki hujjatlarni O‘zbekiston hududida bepul rasmiylashtirish hamda transport xarajatlariga ish beruvchilar tomonidan yordam ko‘rsatilishi belgilangan.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Rossiya Federatsiyasida ishlash istagidagi fuqarolar 2 kun muddatda o‘zi yashab turgan mahallasiga yoki tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilishlari so‘raladi.

 

Eslatib o‘tamiz, talabgarlarning xorijga chiqish pasporti bor bo‘lishi lozim.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM