Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq to‘rtinchi sessiyasi 2021-yilning 13-oktabr kuni soat 16:00 datuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.

 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi belgilangan:

1.Bulung‘ur tumanida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va asosiy ko‘rsatgichlarni 30 foizga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturini ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayev hisoboti.

2.Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning salomatligini mustahkamlash borasida malakali shifokorlarni jalb qilish va aholini dori darmon bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori V.Xudayqulov hisoboti.

3.Tuman maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kun holati, uning sifat va samaradorlogini oshirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri F.Xotamov hisoboti.

4.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Bulung‘ur tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan 2021-yil 3-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Bulung‘ur tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri F.Pirimqulov axboroti.

 

5.Boshqa masalalar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM