Yangi ishga tushgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

Bugun yurtimiz keng qamrovli islohotlar maydoniga aylanganligi hech kimga sir emas. Bu islohotlarning natijasi esa, joylardagi o‘zgarishlar, yaratilayotgan qulayliklar, yangi ish o‘rinlari misolida yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

Bulung‘ur tumanida amalga oshirilayotgan ishlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida korxonalarga sayohat va loyihalar taqdimoti tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Baxodir Baxromov, nuroniylar, ommaviy axborot vositalari vakillari, keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari Bulung‘ur tumanida 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida faoliyatini boshlagan korxonalarda bo‘lishib, “Bulung‘ur eksport-import” ma’suliyati cheklangan jamiyati binosida Bulung‘ur tumanida kelgusida hayotga tadbiq etilishi kutilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Xususan, “Bulung‘ur eksport-import” ma’suliyati cheklangan jamiyati tumanda 2021 yil investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, jamiyat tomonidan umumiy qiymati 15 mlrd. 500 mln.. so‘m, shundan bank krediti 8 mlrd. 450 mln. so‘m va o‘z mablag‘i 7 mlrd 50 mln. so‘m bo‘lgan yem va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi doirasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Korxona chorva mollari va parrandalar uchun 42 ming tonna tayyor ozuqa yem ishlab chiqarish quvvatiga ega.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM