Eng yaxshi maktab direktorlariga 10 million so’mdan…

1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida sohada fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ustozlardan bir guruhi faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ular orasida bulung‘urlik pedagoglarning ham borligi quvonarli.

 

Xususan, tumandagi “Real school” nodavlat umumta’lim maktabi rus tili o‘qituvchisi Gataullina Sajida Anvarovna Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 50 foizdan oshgan viloyatdagi 17 ta maktab direktorlariga, jumladan, Bulung‘ur tumanidagi 7- hamda 69-umumta’lim maktablari direktorlariga ham 10 million so‘mdan pul mukofoti taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, bitiruvchilarning oily ta’lim muassasalariga qamrovi borasida tumandagi 69-umumta'lim maktabi eng yuqori natijani qayd etdi. Joriy yilda maktab bitiruvchilarining 60 foizi talabalik baxtiga muyassar bo’ldilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM