Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi tafsilotlari

Joriy yil 29-sentabr kuni Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman kengashi kotibyati mudiri Bektosh Mamatqulov raisligida olib borilgan sessiyada deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, kun tartibiga aloqador tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidagi birinchi masalaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari Dilshod Xabibullaevning sanoatni rivojlantirish yangi ish o‘rinlarini yaratish, Anvar Xalikulovning kichik sanoat zonasi va eksport salohiyati borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglandi.

Shuningdek, tumanda “Obod qishloq” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tuman prokurori o‘rinbosari Sunnatulla Karimovning hisoboti tinglandi. Prokuror o‘rinbosari Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bundan tashqari sessiya davomida tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sharofiddin Duvlanovning tumanda 2021-2022-yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti, Bulung‘ur tuman aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Suvoqova ishlab chiqarish korxonasi boshlig‘i Baxriddin Fayzievning, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini jori etish holati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i Asqar Xudayqulovning hisoboti, tumanda 2021-2022-yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida "Markaz gaz ta’minot" unitar korxonasi tuman filiali boshlig‘i Sherzod O‘rolovning hisoboti, tuman yo‘l qurilishi pudrat korxonasi boshlig‘i Xudoyberdi Mamarajabovning 2021-2022-yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti, “Mehr daftari”ning yuritilishi to‘g‘risida Milliy gvardiya bo‘limi boshlig‘i Musulmon Mamatovning hisoboti kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Har bir soha yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollar tinglanib, mas’ullar tomonidan javoblar qaytarildi.

Sessiya davomida “Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi doimiy komissiyalarini qayta tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda  “Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hokim o‘rinbosari Dilshod Xabibullaevning hamda “Ayollar daftari”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hokim maslahatchisi Mahbuba Qurbanovalarning hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi so‘nggi masalaga muvofiq tashkiliy masala ham ko‘rilib, Rizaev Abdumutallib Bektoshovichni Bulung‘ur tumani hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM