Soliq tizimida yana bir qulaylik yo’lga qo’yildi

Samarqand viloyati Dalvat soliq boshlqarmasi tashabbusi bilan telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Soliq maslahatchilari” guruhi tashkil etildi.

 

Guruh orqali jismoniy va yuridik shaxslar sohaga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn murojaat qilishlari va qisqa vaqt ichida ma’lumot olishlari mumkin. Boshqarma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, guruhga boshqarmaning turli bo‘limlaridan mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib, har bir bo‘lim o‘ziga tegishli savollarga qisqa fursatlarda javob qaytarishga mas’ul.

 

Bugungi raqamlashgan davrda bu kabi xizmatning yo‘lga qo‘yilishi fuqarolarimiz uchun qo‘l kelmoqda. Bepul xizmatdan foydalaning va ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos bo‘ling. Yaqinlaringizni ham taklif qiling: https://t.me/SoliqMaslahatchilari

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM