Bulung‘ur tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Bulung‘ur tuman hokimining tegishli farmoyishiga binoan Rizaev Abdumutallib Bektoshovich tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

 

Bu haqda tuman hokimligi apparati xodimlari va tumandagi qishloq xo‘jaligiga aloqador soha rahbarlari ishtirokida bugun bo‘lib o‘tgan o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

 

A.Rizaev 1981 yilda Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti magistratura bosqichini tamomlagan.

A.Rizaev viloyat va tuman darajasidagi turli sohalarda mehnat qilgan. Xususan, 2017 yildan tayinlovga qadar Jomboy tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Tuman hokimligi jamoasi A.Rizaevning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM