Uzum yetishtirishda voyish usulining afzalliklari ko‘p...

Bulung‘ur tumani xalqi azaldan uzumchilik bilan shug‘ullanib kelganlar. Tumanda uning nonini yegan, hadisini olgan mirishkorlar bisyor.

 

So‘nggi yillarda biroz e’tibor susaygan mazkur soha joriy yildan yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqilmoqda. Sababi, mehnat talab qilsada, mazkur soha yaxshi daromad keltiradi.

 

Ayni kunlarda tuman hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Abduvali Hazratqulov tomonidan joylarda aholi xonadonlari va ko‘chalarda voyish usulida tok parvarishlash bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

Albatta, mazkur targ‘ibot jarayonlariga soha mutaxassislari ham jalb etilib, uzumchilikni voyish usulida yetishtirishning afzalliklari aniq hisob-kitoblar asosida tushuntirib berilmoqda.

 

Soha mutaxassislari ta’kidlashganidek, uzum voyish usulida yetishtirilganda yangi novdalar ham tez yetilib, hosilga kiradi. Bu usulda hosildorlik ham qariyb 1.5 - 2 barobargacha ortadi, hosilning kasallanishi ham keskin kamayadi. – Bu yilgi yozgi issiqlarda ham shpaler usulidagi uzumlar kasallandi, sababi ularga quyosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadi. Voyish usulida esa, hosil barglarning tagida turganligi uchun issiq urmadi, deyishadi usta dehqonlar.

 

Shuningdek, aholi bilan suhbat jarayonlarida mazkur soha rivojiga hissa qo‘shganlar uchun beriladigan imtiyozlar, ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib borilmoqda.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM