Navbatdagi o‘quv soatida mahalliy davlat hokimyati idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Bugun, 23 iyul kuni Bulung‘ur tumani hokimligi apparat xodimlari uchun xaftaning juma kunlari tashkil etiladigan navbatdagi siyosiy, iqtisodiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Xususan, hokimlik axborot xizmati rahbari A.Jabbarov so‘zga chiqib, mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hamda tuman hokimligining tegishli qarorlari “E-Qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinganligini, unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimyati idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash yuzasidan bir qancha vazifalar belgilab berilganligini ta’kidladi.

O‘quv soati davomida mazkur chora-tadbirlar rejasining mazmun-mohiyati hokimlik xodimlariga batafsil tushuntirilib, ularning ijrosini qisqa vaqtda ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM