“Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili amalda qanday ishlayapti?

Bugungi kunda, Bulung‘ur tumanida davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Shu maqsadda, bevosita tadbirkorlik sub’ektlariga borgan xolda, ularning muammolari o‘rganilib, ularga yechim izlanmoqda, soliq qonunchiligi yuzasidan tushunchalar berilmoqda.

Joriy yilning iyun oyi davomida jami 208 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida inspeksiya xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, jami 202 ta sub’ektlarga turli yo‘nalishdagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 41 ta tadbirkorlik sub’ektga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda, 44 ta tadbirkorlik sub’ektiga soliq qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. 11 ta tadbirkorlik sub’ektga soliq rejimini tanlashda, 15 ta tadbirkorlik sub’ektga shaxsiy xisobvaraqdan nusxalar olishlarida, 21 ta tadbirkorlik sub’ektga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi haqida tushunchalar berildi. 69 ta tadbirkorlik sub’ektiga soliq tizimiga aloqador bo‘lgan boshqa muammolarni bartaraf etishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu jumladan, viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning iyun’ oyida jami 7 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ortiqcha bo‘lgan 428 469 919 ming so‘m ortiqcha mablag‘lari hisob ramlariga qaytarib berildi.

  • “XABIBULLA YODGOR SAVDO” xususiy korxonasi 2019 yil yanvar oyidan buyon aralash mollar savdosi faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda, deydi  korxona raxbari Jo‘raboev Xabibullo. Bugungi kunda korxonamizda 7 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bizga faoliyatimiz davomida yuzaga kelayotgan muammolarimizni hal qilishda imkon qadar amaliy yordamlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

 Yuqoridagi raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda tumanimizdagi xar bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining rivojlantirishlarida Bulung‘ur tumani davlat soliq xizmati organi xodimlari sidqidildan ko‘makchi vazifasini bajarib, amaliy yordamlar ko‘rsatib kelishmoqda.

 

Otabek Karimov,

DSI “TQQ” sho‘basi boshlig‘i

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM