Bulung‘ur tumani hokimining qarori: Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga  asosan

QAROR QILAMAN:

I. Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi 2021-yilning 23-iyul kuni soat 16:00 da tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin.

II. Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining  ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Sanaqulov, A.Xazratqulovlarning hisoboti.

2. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasi 7-bandining ijrosini taʼminlash yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayn tizimiga malumotlarni kiritilishi yuzasidan qiliniyotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori v.b.  I.G.Sattarovning hisoboti.

3. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida 2021-yil 28-may kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 31-sonli bayonnomasi 18-bandining ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanda ko‘p kvartirali uy-joylardan foydalanish va saqlanish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari N.Sanaqulovning hisoboti.

4. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti.

5. “Ayollar daftari”ni 2-bosqichda yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risida tuman hokimining maslahatchisi M.Qurbonovaning hisoboti.

6. Boshqa masalalar.

III. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

 

Bulung‘ur tumani hokimi                      B.Baxromov

2015-2021 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM