Sessiya o‘z ishini boshladi

Ayni vaqtda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tayotgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

 

Xususan ayni vaqtga qadar “2021-yilning II-choragida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Bulung‘ur tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida” qabulxona mudiri F.Pirimqulovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, kelib tushgan murojaatlar va unda ko‘tarilgan masalalar chuqur tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaatlar bank, moliya va kredit masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar (48 ta murojaat, jamiga nisbatan 57.1%), undan keyin boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar (23 ta murojaat, jamiga nisbatan 27.4%), yer, kadastr, arxitektura masalalari bo‘yicha murojaatlar (8 ta murojaat, jamiga nisbatan 9.5%) va ruxsatnomalar, litsenziyalar va hujjatlar rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlar (5 ta murojaat, jamiga nisbatan 6.0%) tashkil qilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM