“Temir daftar”dan tadbirkorlikkacha...

Xalqimizda “Izlagan imkon topar” degan naql bor. Bulung‘ur tumani Kildon mahallasi fuqarosi Mirzaeva Feruza bir muddat ilgari “Temir daftar”da turardi. Uning bu murakkab iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishiga ozgina turtki yetarli bo‘ldi. Xususan, F.Mirzaeva imtiyozli shartlar asosida 15 mln. so‘m bank krediti oldi va bugun u tadbirkor.

 

Mazkur mablag‘lar evaziga F.Mirzaeva 4 ta tikuv mashinasi oldi, mahalla markazidan tikuvchilik uchun ikkita xonani ijaraga olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bugun u nafaqat o‘zining, balki, o‘zi qatori “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da turgan hamqishloqlaridan 6 nafarining ham bandligini ta’minlab, ro‘zg‘orining but bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

 

F.Mirzaeva, “Temur tuzuklari”da ta’kidlanganidek, “...azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshirokdir”, degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekanligining yana bir isbotidir.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM