Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Hurmatli vatandoshlar!

Bugungi kunda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar haqida xabarlar qo‘yilmoqda. Albatta, bu ishlab chiqarishda va kundalik hayotda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, energiya ta’minoti tizimi qanday ishlashini, unga bog‘liq bo‘lgan va uzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni to‘liq tushunishimiz kerak.

Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ushbu mavzularda tez-tez ma’lumotlar berib boradi, ammo har bir uzilish holati norozilikni keltirib chiqaradi va afsuski, ba’zan yetarlicha tortishuvlar bo‘lishini to‘g‘ri tushunaman.

Negaki sohada har qanday ob-havo va kunning har qanday vaqtida xonadoningizda elektr energiyasi bo‘lishi uchun ta’minot bilan bog‘liq har bir uzilishlarni imkon qadar tezroq bartaraf etishgga qo‘llaridan kelgan barcha ishlarni qiladigan fidokorona insonlar mehnat qilishadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksining keng ko‘lamli tizimi xodimlaridan hech biri elektr ta’minotidagi uzilishlardan manfaatdor emas, har birimiz o‘z o‘rnida mehnat qilib, umumiy ishimizning asosiy maqsadi – xalqimiz va mamlakatimiz iqtisodiyotini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashdan iboratdir.

Ammo energiya ta’minoti tizimida bu ancha murakkab jarayon. Uskunalar texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya ishlarining kechikishiga chiday olmaydi. Ular eskiradi va natijada shu kabi nosozliklarga olib keladi. Bundan tashqari, eski uskunalar shunchaki yangi quvvatlarga bardosh bera olmaydi. Bu esa bugungi kunda 25 yildan ortiq vaqt davomida energetika tizimining holatiga yetarlicha e’tibor berilmagani natijasidir. 

Aynan energetika tizimini bosqichma-bosqich yangilash maqsadida 2019 yil boshida O‘zbekiston Energetika vazirligi tashkil etildi. So‘nggi ikki yarim yil ichida sohada katta ishlar amalga oshirildi. Ammo, yigirma besh yillar davomida ishlab kelgan va eskirib ulgurgan uskunalarni qisqa fursatlarda yangilashning imkoni yo‘q. Men hozirda Energetika vazirligining elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi elektr stansiyalarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va energiya tejaydigan, ya’ni unchalik qimmat bo‘lmagan uskunalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarini sanab o‘tmoqchi emasman. Chunki, ushbu ma’lumotlar haqida batafsil Energetika vazirligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan.

Shningdek, men odamlar ijtimoiy tarmoqlarda ularga to‘sqinlik qilayotgan muammolar haqida gapirmasliklari haqida so‘zlamoqchi emasman. Men boshqa masala haqida – vaziyatni to‘g‘ri tushunish, olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasidagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri tahlil qilishlarini istardim. Masalan, 5 yil oldin ham Samarqand va Buxoro singari tarixiy va sayyohlarga boy shaharlarda elektr energiyasining uzilishi bir necha kun va belgilangan jadvalda davom etar edi. Bugungi kunda, tizimda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rtacha 1-2 soatda yoki hatto undan ham kamroq muddatda hal qilayotgan ta’mirlash brigadalariga yana bir bor rahmat deyman. Ular birovning xatosini tuzatgani uchun emas, balki ular energetika tizimida qanday ishlashini bilganim uchun men ularga chin dildan tashakkur aytaman. Ular eskirgan simlarni yangilash, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ya’ni elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun qancha ish qilish kerakligini tushunishadi. 

Ular bu muammolarga bir qancha omillar ta’sir qilishini, jumladan gidroelektr stansiyalarning samaradorligiga ta’sir qiluvchi suv tanqisligini tushunadilar. Bizning mamlakatimizda ham ko‘plab mamlakatlarda yuzaga keladigan keng ko‘lamli elektr energiyasidagi uzilishlar sodir bo‘lmasligi uchun bu haqda qiziqishadi, o‘qishadi va bunday holatni oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini tahlil qilishmoqda. Men bugun nafaqat noroziliklarni, balki vaqtinchalik uzilish sabablarini va mamlakatimizda barqaror energiya ta’minotimiz uchun ko‘rilayotgan choralarni tushungizni istardim. 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning telegram kanali.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM