Bulungʻur tumani hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Bulung’ur tumani hokimining tegishli qaroriga ko’ra, Sanakulov Norbuta Isakulovich 2021-yil 9-iyuldan Bulungʻur tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

N.Sanakulov 1977 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha  mutaxassisligi muhandis-quruvchi.

 

N.Sanaqulov shu kunga qadar turli davlat idoralarida rahbar lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2016 yildan tayinlovga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Tuman hokimligi jamoasi N.Sanaqulov ko‘p yillik faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasini o‘zi tug‘ilib o‘sgan tumanining rivoji uchun sarflashiga ishonadi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM