Tuman hokimligida murojaatlar tinglanmoqda

Ayni vaqtda tuman hokimligida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tmoqda. 

 

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Habibullayev ishtirokida o‘tkazilayotgan qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat va takliflari tinglanib, ularga qonuniy va ijobiy yechim topish choralari ko‘rilmoqda. 

 

Xususan, har bir murojaat shu yerning o‘zida murojaatchi fuqaro hamda tegishli soha mas’ullari ishtirokida atroflicha muhokama etilib, zaruriy chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM