Endilikda maktab direktorlari tanlov asosida saralanib lavozimga tayinlanadi

Umumta’lim muassasalari direktorligi lavozimiga nomzodlarni dastlabki tarzda saralab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida 2021 yil 30 iyun kuni xalq ta’lim vazirining buyrug‘i chiqdi.

 

Vazirlik buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalari direktorligi lavozimiga nomzodlarni tavsiya etish va ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra lavozimidan ozod etish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taklif kiritish to‘g‘risidagi NIZOM”ga ko‘ra, bundan keyin maktab direktorligi lavozimi uchun tanlov asosida nomzodlar ishga qabul qilinadi.

 

Tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mexnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan xolda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” apparat-dasturiy kompleksiga (vacancy.argos.uz), hududiy bo‘limalarning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalarida joylashtiriladi.

 

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha nomzodlarning arizalarini qabul qilish muddati tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil qiladi, agarda tanlovda ishtirok etish uchun arizalar kelib tushmasa, ariza meddati avtomatik tarzda yana 10 kunga uzaytiriladi.

 

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqatgina nomzodlar tomonidan saytda (vacancy.argos.uz) elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Nomzodlarga bir vaqtning o‘zida maktab direktorligi lavozimi bo‘yicha uchtadan ortiq bo‘lmagan lavozimni egallashi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

 

Nomzodlarning umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorligi lavozimini egallashi uchun belgilangan malaka talablariga mosligi o‘rganiladi hamda jarayon natijalari vacancy.argos.uz portali orqali nomzodlarga ma’lum qilinadi.

 

Malaka talabiga mos kelmagan, lekin faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan yuqori malakali, shu jumladan shijoatli, fidoyi, uzoqni ko‘ra oladigan istiqbolli yoshlar istisno tarifasida komissiya qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin.

 

Maktab direktorligi uchun dastlabki saralashdan (yani test sinovi) o‘tgan nomzodlar kelishish uchun Xalq deputatlari tuman (shaxar) Kengashlariga tavsiya etiladi.

 

Maktab direktorligi lavozimiga nomzodlar Xalq deputatlari tuman (shaxar) Kengashlari o‘tkaziladigan tanlovda tegishli umumta’lim maktabi ko‘rsatgichlarni kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha o‘z dasturi bilan ishtirok etadi.

 

Xalq deputatlari tuman (shaxar) Kengashlarida o‘tkaziladigan tanlovda eng yaxshi ko‘rsatgichni ko‘lga kiritgan nomzod Kengash tavsiyasi bilan ish beruvchi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

 

A.Shokirov,

Bulung‘ur tuman xalq ta’lim bo‘limi kadrlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor-metodist

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM