O’quv soati: yoshlar bilan ishlash borasidagi islohotlar to’g’risida ma’lumot berildi, mas’ullarning lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilida ish yuritish bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilmoqda

Bugun, 2 iyul kuni Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv-soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdi.

 

O‘quv soati avvalida tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari B.Mamadiyarov so‘zga chiqib, hokimlik mas’ul xodimlarining ijro intizomiga qat’iy rioya etishlari lozimligi, shuningdek, “E-ijro” elektron tizimiga mas’uliyat bilan yondashish lozimliginini eslatib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng, tuman hokimining o‘rinbosari A.Buriboyev so‘zga chiqib, tumanda yoshlar bilan ishlash, shuningdek, “Yoshlar daftari”gi ro‘yxatga olingan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

 

Xususan, hokim o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, bugunga qadar 2 ming 312 nafar yoshlarga 578 gektar yer maydonlari ajratib berildi, 520 nafar yoshlarga 10 mlrd 45 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi, 320 nafar yoshlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitildi. Shuningdek, bugunga qadar, tuman sektor rahbarlari va DXX tuman bo‘limi ishtirokida 263 marotaba uchrashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar tomonidan jami 2 810 ta muammo va takliflar bildirilgan. Bugungi kunda ushbu murojaatlarning 2 235 tasi (85.1%) ijobiy hal etilgan, 156 tasi rad etilgan, 419 tasining ijrosi ta’minlanmoqda. Bundan tashqari 75 nafar yosh haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qishmoqda. Buning uchun “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 73 500 000 so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. 20 nafar yosh “Vatanparvar” tashkiloti tuman bo‘limida tashkil etilgan 5 turdagi kasb-hunarga o‘rgatish o‘quv kurslarida tahsil olishmoqda. Mazkur kurslar o‘qish xarajatlarining 75 foizi ham “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

Shuningdek, o‘quv soati davomida tuman hokimining maslahatchisi Gʻ.Shamanov so‘zga chiqib, o‘tgan hafta o‘quv soatida olingan test sinovlari natijalarini o‘qib eshittirdi, eng yaxshi va eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlarga lotin tilida yozilgan badiiy adabiyotlar topshirildi. Shuningdek, barcha xodimlardan lotin alifbosida imlo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan insho olindi. Insho natijalari keyingi haftada o‘tkaziladigan o‘quv soatida e’lon qilinadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM