Irrigasiya bo‘limi xodimlariga suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari tushuntirildi

Bulung‘ur tumanida 2021 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalarining afzalliklari, ularning imkoniyatlari, talab etiladigan resurslarning iqtisod qilinishi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 

Seminarda Suv xo‘jaligi vazirligidan Abdurashid Qulmatov, Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi o‘rinbosari Akmal Jumayev, Bulung‘ur tuman irrigasiya bo‘limi boshlig‘i Asqar Xudoyqulov hamda fermer xo‘jaliklar irrigasiya bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tumandagi "Metin Group Impeks" MChJda bo‘lib o‘tgan seminarda Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Jumayev so‘zga chiqib, qishoq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalarining afzalliklarini aniq faktlar asosida batafsil tushuntirib, mazkur texnologiyalarni tumanda ham keng joriy etish choralari ko‘rilishi lozimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, tumanning “Gʻo‘bdin” agrofirmasi hududida “Metin Group Impeks” MChJ tomonidan 1000 gektar maydonga yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy etilmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM