Bulung‘urda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda

“Obod qishloq” davlat Dasturi doirasida Bulung‘ur tumani Bog‘bon hamda Chorbog‘ mahallalarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash belgilangan.

Xususan, Chorbog‘ mahallasida 1 dona yangi suv inshooti qurish, 2 dona mavjud suv inshootini rekonstruksiya qilish va 7.7 km tarmoq tortish rejalashtirilgan edi.

Hozirgi kunda ishlab chiqilgan loyiha asosida 1 dona yangi suv inshootida 158 m. artezian qudug‘i qazilib, yer osti nasosi o‘rnatildi va suv chiqarildi. Mavjud 2 dona suv inshootidan birining himoya poydevoriga beton quyildi va temir panjara bilan oraldi. Jami 3.9 km. ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 5 dona kuzatuv qudug‘i qurildi.      

 

Dasturga binoan tumanning  Bog‘bon mahallasida 1 dona yangi suv inshooti qurish va 1 dona mavjud suv inshootini rekonstruksiya qilish xamda 10.1 km tarmoq tortish re’jalashtirilgan.

 Hozirgi kunda ishlab chiqilgan loyiha asosida 1 dona yangi suv inshootida artezian qudug‘i burg‘ulash ishlari davom etmoqda. 1 dona mavjud suv inshootida himoya devori qurilib, panjaralar bilan o‘ralgan, suv minorasi qayta tamirlangan. Bugunga qadar 4.6 km. tarmoq tortilib, 88 ta honadonga ichimlik suvi yetkazildi.

 Hozirgi kunda har ikkala mahallada ham ishlar davom ettirilmoqda.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM