Sessiya: Kun tartibida 17 ta masala ko‘rib chiqildi

Bugun xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining navbatdagi ellik ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida 17 ta masala ko‘rib chiqildi.

 

Xususan, tuman maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kun holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2021-yil yakunlari to‘g‘risida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri F.Xotamov hisoboti hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 2021-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida U.Xasanov hisoboti qabul qilindi.

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Bulung‘ur tumanidagi maydon, istirohat bog‘i, qabriston hamda ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida tuman hokimining maslahatchisi G‘.Shamanovning hisoboti bilan Bulung‘ur tumanida 1 ta maydon, 1 ta istirohat bog‘i, 66 ta qabriston, 85 ta nomsiz va nomi qonun talablariga javob bermaydigan ko‘chalarlarini nomlash to‘g‘risidagi taklif tasdiqladilar. Xususan, Bulung‘ur mahallasi hududidagi istirohat bog‘iga “Humo” nomi berildi.

Sessiyada Bulung‘ur tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga direktor lavozimiga Sattarov Zayniddin Ismatullayevich nomzodi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi.

Bulung‘ur tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari D.Xabibullayevning, Bulung‘ur tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Rizayevning hisoboti, Bulung‘ur tumanini 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xarita”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 24 dekabrdagi VI-49-101-7-93-K/21 sonli Qarorining 3 bandining ijrosi to‘g‘risida hokim o‘rinbosarlarining hisobotlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarning 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida B.Mamatkulovning axboroti ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi 8-Soxibkor saylov okrugidan saylangan deputat Baxramov Baxodir Abdullayevichning deputatlik vakolatini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida, xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi kunini belgilash hamda saylovni o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rildi.

Sessiya davomida o‘z arizasiga ko‘ra boshqa ishga o‘tganligi sababli, Mamatkulov Bektosh Ablakulovich xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati mudirini lavozimidan ozod etildi. Mahallalarda yangidan joriy etilgan 55 ta hokim yordamchilari hisobiga Bulung‘ur tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, sessiya davomida “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi, tuman mahalliy budjetining 2022-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli, PQ-54-sonli hamda PQ-55-sonli qarorlari bilan ajratilishi ko‘zda tutilgan imtiyozli bank kreditlarini mahallabay tasdiqlash to‘g‘risidagi hamda tumanda ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM