Ayrim ko’chalarda avtomototransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi

14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Bulung‘ur tumanida bir qancha ma’naviy-ma’rfiiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati, yong‘in va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida:

-Tuman markazidagi Do‘stlik va O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasi, Bulung‘ur shox va O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasi, Bulung‘ur shox va Fozil Yo‘ldosh ko‘chalari kesishmasi hamda ushbu ko‘chalar bilan tutash ichki ko‘chalar 2022-yil 14-yanvar kuni soat 06:00 dan soat 14:00 ga qadar vaqtincha yopiladi.

-Tuman ichki ishlar bo‘limi va tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariyatiga bayram tadbiri o‘tkaziladigan kun belgilangan hududlarni vaqtincha yopishda harakat xavfsizligini ta’minlash va tegishli yo‘l harakati belgilarini o‘rnatish vazifasi topshiriladi.

-Yo‘llarni vaqtincha yopish paytida ushbu hududda yashovchi aholiga maxsus transport (tez tibbiy yordam, yong‘in xavfsizligi, elektr, gaz, obodonlashtirish) vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM